So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Buxoroning tuproq tarkibi va ularning organizmlarga taʼsiri toʻgʻrisida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasi eʼlon qilindi
Yurtayev Andrey Aleksandrovich va professor Shavseva Olga Sergeyevna bugunga qadar Buxoro viloyatining tuproq tarkibi va ularning organizmlarga taʼsirini oʻrganish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini taqdim etishdi.
Ularning ilmiy ishlari orqali tuproq va iqlim oʻzgarishlarining ekotizimlarga qanday taʼsir qilishi, shuningdek, ularni saqlash va barqaror rivojlantirish yoʻllari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishgan. Ushbu tadqiqotlar viloyatdagi tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatni yaxshilash borasida katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, uchrashuvda uglerod emissiyasi va uning iqlim oʻzgarishiga taʼsiri masalasi ham alohida eʼtiborga olingan.
Hozirgi kunda global iqlim oʻzgarishi va uning salbiy oqibatlari insoniyat uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda. Shuning uchun, uglerod emissiyasini kamaytirish, ekologik toza energiya manbalarini rivojlantirish va sanoat tarmoqlarida barqaror texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilingan.
Bu borada xotin-qizlarning ilmiy va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritishlari, shuningdek, ekologik loyihalarda ishtirok etishlari, iqlim oʻzgarishining oldini olish va uglerod emissiyasini kamaytirishga katta hissa qoʻshishi mumkinligi taʼkidlangan.
Ushbu uchrashuv ilmiy-texnologik taraqqiyotda yangi imkoniyatlar yaratishga, xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy faoliyatini yanada kengaytirishga, shuningdek, ekologik va iqlim masalalariga oid dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan muhim qadam boʻldi.
Uchrashuvda, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi amali tibbiyot markazi davlat muassasasining, Buxoro viloyati filiali ona va bola skrining masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulnoz Shavkatovna Mavlonova ham ishtirok etgan.
Shuningdek, mehmonlarga Buxoro shahri Kasbiy koʻnikmalar markazi faoliyati tanishtirib oʻtilgan.