So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Tashabbusli byudjet”da g‘olib loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi
“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari ma'lum qilindi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e‘lon qilinadi.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan bu yerda tanishish mumkin. Avvalroq, “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida majburiy ovoz to‘plangani aniqlangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatilishi haqida xabar berilgandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilinganini aytgandi.