So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Qizaloqni onasiga olib berish jarayoni oilaning qayta tiklanishi bilan yakunlandi
Har bir bola uchun eng ulugʻ makon – uning oilasidir.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 5 yoshli qizaloqni onasi D.Nusratovaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Byuroning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor ijro hujjati ijrosini ixtiyoriy bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan boʻlsa-da, qizaloq onasiga qaytarilmagan. Shu sababli, joriy yilning 13 yanvar kuni qarzdorga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Joriy yilning 24 fevral kuni ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro harakatlari tayinlandi.
Ijro harakatlari jarayonida qonun ustuvorligi taʼminlanib, qizaloq onasiga qaytarildi. Ammo bu jarayon nafaqat huquqiy hujjatlar ijrosi, balki oilaning qayta tiklanishi, muhabbat va mehr gʻalabasi bilan yakunlandi.
Byuro xodimlari oilaning farzand hayoti va kelajagi uchun naqadar ahamiyatli ekanligi, har bir oilada turli sinovlar, tushunmovchiliklar boʻlishi, ammo muhabbat va kechirimlilik ularni yengishning eng toʻgʻri yoʻli ekanligi yuzasidan tushuntirishlari orqali bir oilaning taqdiri ijobiy yakun topdi.