So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Nurota tumani “Muruvvat” uyida yosh shoir Shodi Rajabovning “Hayotni seving” nomli sheʼriy toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bundan 1 yil avval “Hokim va yoshlar” bilan uchrashuvida Shodi Rajabov oʻzining “Hayotni seving” nomli sheʼriy toʻplamini nashr etishda viloyat rahbaridan amaliy koʻmak soʻragan, ushbu murojaati viloyat hokimi Normat Tursunov tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, kitob chop etilishi hamda viloyatdagi barcha kutubxonalarga yetkazilishi vaʼda qilingan edi.
Vaʼda vafosi bilan goʻzal deganlaridek, kuni-kecha viloyat hokimi Normat Tulkunovichning bevosita tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi natijasida chop etilgan yosh shoir Chayoniyning “Hayotni seving” nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu kitobning tantanali taqdimot marosimida viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Nurota tumani hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, internat uyi jamoasi, nuroniylar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Soʻzga chiqqanlar, yosh shoirning Vatanga sadoqat, hayotga muhabbat, insoniy tuygʻular, ezgulikka chorlov, yurt qadri haqidagi misralari haqida oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirib, ijodkorning kelgusi ishlarida yuksak parvozlar tilashdi. Tadbir soʻngida yosh shoir ijodidan namunalar oʻqilib, tumandagi ijodkor yoshlar tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.
Aytish lozimki, bugungi kunda davlat rahbarlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan shaxslarga saxovat koʻrsatishi Ularning hayotga , ijodga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda. Koʻrib turganimizdek, Navoiy viloyati hokimi bunga aniq misol boʻla oladi.