So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Ma'muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qoʻllanadi
Prezident tomonidan «Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Endilikda, davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati harakatsizlik ustidan berilgan arizani ma'muriy sudlarda koʻrishda mansabdor shaxs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanadi.
Shuningdek, ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshitish instituti ham joriy etilib, unda arizachining talablari aniqlanadi va arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi. Dastlabki eshitish muddati 20 kundan iborat bo’ladi.
Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik hamda uning ajrimlarini bajarmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma'muriy sud ishni mustaqil ravishda koʻrib chiqishi mumkin. Ma'muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi.
2025 - yil 1- maydan boshlab tadbirkorlik subyekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish tartibi joriy etiladi.