So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Oʻzbekistonda bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini monitoring qilish boʻyicha Bolalar ombudsmani rahbarligidaga idoralaro ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilgan. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ishchi guruh tarkibida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va Bolalar tashkiloti vakillari faoliyat koʻrsatmoqda.

Yigʻilishda respublikada bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishning real holati hamda bu borada masʼul davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilingan.

Xususan, 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan 16 ming nafar oʻquvchi bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovda har 10 nafar boladan 8 tasi bevosita oʻz uyidan internetga ulanishini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Qonun talablari buzilgan axborotlarni bartaraf etish talabi bilan 606 ta xabarnoma yuborilgan hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha 5250 ta axborot resursning identifikatsiya maʼlumotlari taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan butunjahon Internet tarmogʻining axborot resurslari reyestriga kiritilganligi bildirilgan.

Yigʻilish yakunida ushbu sohadagi mavjud muammolarni hal qilish hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Ayni paytda ishchi guruh oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
