So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
1 tonna paxtaga1 mln soʻm subsidiya olish uchun reyestr shakllanishi kerak
Vazirlar Mahkamasining 13.09.2024-yildagi 574-son qarorining 2-bandida paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun (paxta-toʻqimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urugʻlik paxta bundan mustasno) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 1 mln soʻm miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.
Ushubu qarorning 4-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qayta ishlovchilarga yetkazib berilgan paxta xomashyosi boʻyicha namunaviy shaklda paxta yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan reyestrni 2024-yil 1-dekabrga qadar Jamgʻarmaga hamda tegishli tijorat banklariga taqdim etilishini taʼminlash koʻrsatib oʻtilgan.
Ushbu subsidiya mablagʻlari imtiyozli kreditlarni soʻndirish bilan birga paxta yetishtiruvchilarning daromad manbai hisoblanadi. Fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarning moddiy manfaatdorligi oshiradi.
Agar 2024-yilning 1-dekabriga qadar paxta yetishtiruvchilar kesimida reyestr tasdiqlanib taqdim etilmasa paxta xomashyosi uchun subsidiya mablagʻlarini ajratilmasdan qolishi fermerlarning eʼtirozlariga sabab boʻlishi mumkin.
Shu bois, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi 2024-yil 20-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hamda Bosh prokuraturaga yuqoridagi qaror talablariga muvofiq joriy yil hosilidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birja savdolari orqali realizatsiya qilgan paxta yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan reyestrni Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasiga va tijorat banklariga 2024-yil 1-dekabriga qadar taqdim etishi va subsidiya ajratishi ustidan nazorat oʻrnatishni soʻrab murojaat kiritdi.