So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Farg‘onada ariqdan 46 yoshli erkak o‘lik holda topildi
Tezkor surishtiruvlar davomida marhum 1978 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan, Farg‘ona shahri “Ilg‘or” MFY Farovon turmush ko‘chasidagi xonadonlarning birida yashovchi S.R. ekani aniqlangan. U turmush o‘rtog‘i N.J. tomonidan tanib olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona shahrida ariqdan erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Voqea 2024 yil 2 noyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 08:30 da Farg‘ona shahar prokuraturasiga IIB navbatchilik qismidan shaharning “Cheksho‘ra” MFY Charog‘on ko‘chasidan o‘tgan ariqdan noma’lum shaxsning murdasi tan jarohatlarisiz topilgani haqida xabar berilgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokurori rahbarligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi va murda ko‘zdan kechirilganda, ishga aloqador holatlar aniqlanmagan va ashyoviy dalillar olinmagan.
Tezkor surishtiruvlar davomida marhum 1978 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan, Farg‘ona shahri “Ilg‘or” MFY Farovon turmush ko‘chasidagi xonadonlarning birida yashovchi S.R. ekani aniqlangan. U turmush o‘rtog‘i N.J. tomonidan tanib olingan.
O‘lim sababini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning tanasida jarohatlar aniqlanmagan.
Erkakning o‘limiga “nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya” sabab bo‘lgani haqida xulosa berilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.