Qidirish

20:39 / 2024-10-31 530 0 Jamiyat

So‘nggi uch yil ichida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ishlar – Qiziltepa va Xatirchi tumanlari misolida

world-news

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan industriya loyihalari, yangi korxonalar va ta’lim maskanlari faoliyati bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. 

Davlatimiz rahbari dastavval sanoat tarmoqlari uchun muhim xomashyo - vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishdi. Shuningdek Karmanadagi kimyoviy texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Prezident Navoiy viloyatidagi sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirib, viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik investitsiya loyihalari taqdimoti bilan ham tanishdi. 

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki so‘nggi 3 yil ichida viloyatning 2 hududida – Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Prezidentning "Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-32-sonli farmoniga asosan Qiziltepa tumanining Malikobod mahallasida "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda. Ushbu massiv uchun tanlangan yer maydoni jami 20 gektar bo‘lib, massivda jami 1700 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiy gaz, issiqlik ta’minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i, massiv ichki yo‘llari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihaning ilk bosqichida 200 xonadonga mo‘ljallangan 8 ta 5 qavatli uylar qurildi va ushbu uylarga ko‘chib kelayotgan aholining munosib shart-sharoitlarda yashashi uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jami 24,7 milliard so‘mga zaruriy kommunikatsiya tarmoqlari tortildi.

Jumladan, 

- 16,0 mlrd so‘mga ichimlik va oqova suvi tarmoqlari qurildi;
- 3,4 mlrd so‘mga issiqlik ta’minoti obyekti qurildi;
- 2,7 mlrd so‘mga massivning ichki yo‘llari barpo etilib, asfaltlandi.
- 2,5 mlrd so‘mga elektr tarmog‘i;
- 110 mln. so‘mga tabiiy gaz tarmog‘i tortildi. 

Massivda 50 qatnovli poliklinika va 120 o‘rinli DMTT ham foydalanishga topshirilgan.

"Navoiy tears invest" MCHJ tomonidan qiymati 4 million dollarlik ushbu loyiha doirasida bu yerda savdo do‘koni, ovqatlanish joyi, fast-fud shoxobchasi, elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, avtosalon, yuk va yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi avtoservis va avtoturargoh, hostel, o‘tovlar, ko‘l, bolalar maydonchasi, otxona va tuyaxonalar barpo etiladi.

5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da jami qiymati 51,2 milliard so‘mlik 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarning 34 tasi sanoat yo‘nalishida, 9 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, bugungi kunda viloyatning eng katta tumanlaridan biri bo‘lmish Xatirchi katta bir qurilish maydoniga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tumanning qay bir hududiga nazar solmang,  bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari keng quloch yozganligi guvohi bo‘lasiz. 

Jumladan,  tumanning Samarqand viloyati Narpay va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridan kirib kelishdagi chegara qismida Stella,  Damariq mahallasi hududidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida ko‘p qavatli uylarning qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Yangidan bunyod etilgan ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirilmoqda. Yo‘llar yangilanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda hudud ahlining yaxshi yashashi uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish