So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi
Bugun, 24 oktyabr kuni Daryabay Kaypov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Kaypovdan keyin ushbu lavozimni Shuhrat Teshayev egallaydigan bo‘ldi.
Teshayev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Teshayev 1969 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.