So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Qashqadaryoda 7 yoshli qiz o‘gay otasi tomonidan zo‘rlab kelingani aytilmoqda
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini olib bordi. Bolaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 12 oktyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i (2021 yildan u bilan birga yashab kelayotgan) B.Q. ayolning 2017 yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani to‘g‘risida xabar bergan.
Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
Ish borishi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.