So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Chet davlatda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimi boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi chet davlatida mehnat qilayotgan fuqarolar bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn muloqotda 20 nafardan ziyod fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Qaytish istagida bo‘lganlarga amaliy ko‘maklar berilishi ta’kidlab o‘tildi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda mehnat migratsiyasi masalalari bilan tizimli ishlash, chet elda mavsumiy ishlarda ishlab qaytgan va yana ketish istagida bo‘lganlarni hamda bu yil ish topa olmagan maktab bitiruvchilarini yuqori daromadli kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Bugun tuman hokimi T.A.Bobolov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi chet davlatida mehnat qilayotgan fuqarolar bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn muloqotda 20 nafardan ziyod fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Qaytish istagida bo‘lganlarga amaliy ko‘maklar berilishi ta’kidlab o‘tildi.
Suhbat davomida ayni paytda Turkiya davlatining Istanbul shahrida bo‘lib turgan Hilola Ernazarova 3 yoshli farzandi bilan ishsiz qiynalayotgani, turmush o‘rtog‘i hujjatida muammolari borligi sababli 10 yilga deport qilinganini ma’lum qildi. Tuman hokimi T.Bobolov fuqaroning o‘z vataniga qaytish uchun shu haftaning o‘zida chipta olib berilishini hamda fuqaroga ishga joylashishda ko‘maklashilishini, farzandi tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylishishida amaliy yordam qilinishini bildirdi.