So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
4 vazirlikning 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilganda 4 vazirlikning 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, agentlik tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.
Jumladan:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;
- Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik taqdimnomalari kiritilgan.
Ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan taqdimnomalar kiritilgan, «tadbirkor» xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilgan. Hozirda qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.
"Davlat fuqarolik xizmatchilariga “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanganligini eslatib o‘tamiz. Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.