So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
2024 yil oktyabr oyidan boshlab “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli ishga tushirilib, muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla - tuman - viloyat - respublika” darajasida hal etilishi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, 2024 yil oktyabr oyidan boshlab “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli ishga tushirilib, muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla - tuman - viloyat - respublika” darajasida hal etilishi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
“Xotin-qizlar.uz” platformasini takomillashtirish hamda doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining buyurtmanomasi asosida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
Mazkur qaror bilan:
“Xotin-qizlar.uz” platformasi hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron hamkorlik doirasida almashiniladigan ma’lumotlar hamda axborotlar ro‘yxati;
Xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish modulini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
2024 yil 1 oktyabrga qadar muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi hamda muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni ta’minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab doimiy ravishda Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.