So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda musiqiy festivalda bezorilik qilgan o‘nlab o‘smirlar javobgarlikka tortildi
6-8 sentyabr kunlari Toshkentda mashhur xorijlik qo‘shiqlar ishtirokida Pepsi Music Fest 2024 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival ajoyib musiqiy chiqishlardan tashqari, ba’zi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bezorilik harakatlari tufayli ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning shaxsi aniqlanib, javobgarlikka tortildi.
6-8 sentyabr kunlari Toshkentda mashhur xorijlik qo‘shiqlar ishtirokida Pepsi Music Fest 2024 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Avvalroq ushbu festivalda mashhur qo‘shiqchilar, jumladan Nicole Scherzinger va Villy Villiam qatnashishi ma’lum qilingandi. Poytaxtning markaziy hududlaridan biri, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldida o‘tkazilgan ushbu tadbirga xabarlarga ko‘ra, 100 mingdan ko‘proq odam kelgan
Festivalning birinchi kunida tartibsizlik yuzaga keldi. Odamlar Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari ogohlantirishiga qaramay, to‘siqlarni buzib o‘tdi, katta tiqilinchlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda mushtlashuvlar, yoshlar ishtirokida turli giyohvand moddalar iste’mol qilingan videoyozuvlari tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holatlarga munosabat bildirib, festivalning ikkinchi va uchinchi kunlarida huquq-tartibot idoralari tomonidan jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlari kuchaytirilgani, aybdorlar shaxsi aniqlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, musiqiy tadbirda jamoat tartibini buzgan 11 nafar voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilgan hamda ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Giyohvand moddalar iste’molini targ‘ib qilgan shaxs esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorlik) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 3 baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
IIBBning xabar berishicha, festival va tartibsizlik davomida hech kim tan jarohati olmagan.
tadbiri bo‘lib o‘tdi. Avvalroq ushbu festivalda mashhur qo‘shiqchilar, jumladan Nicole Scherzinger va Willy William qatnashishi ma’lum qilingandi. Poytaxtning markaziy hududlaridan biri, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldida o‘tkazilgan ushbu tadbirga xabarlarga ko‘ra, 100 mingdan ko‘proq odam kelgan

Giyohvand moddalar iste’molini targ‘ib qilgan shaxs esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorlik) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 3 baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgan.