So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Oʻqituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz boʻldi” – Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva “Zakovat” intellektual olimpiadasi yakunida har bir zakovatchi ortida turgan ustozlar haqidagi fikrlarini bildirdi.
Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva “Zakovat” intellektual olimpiadasi yakunida har bir zakovatchi ortida turgan ustozlar haqidagi fikrlarini bildirdi.
“Afsuski, farzandlarimizga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz boʻldi. Ulardan bogʻbon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat koʻrsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda boʻsh zallarni toʻldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi.
Endi bu ishlarni toʻxtatish vaqti keldi. Chunki oʻqituvchilar qadrini koʻtarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz. Oʻqituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti”, degan Saida Mirziyoyeva.