So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Prezident Xalq qabulxonasi: Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash doimo eʼtiborda
Davlat rahbari topshirigʻiga asosan Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarni oʻrganish va hal etishda amaliy koʻmak koʻrsatish, “mahalla yettiligi” faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizmini samarali tashkil etish hamda tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha xonadonbay oʻrganishlar olib bormoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida oʻrganishlar olib borgan.
Respublika ishchi guruhi tomonidan Arnasoy tumanidagi mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etildi. Jumladan, “Bobur” mahallasida oʻtkazilgan seminarda tumanning 13 ta mahallasi “yettiligi” va masʼullarga Andijon, Xorazm, Sayxunobod, Uychi va Yunusobod tajribalari asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, boʻsh turgan obyektlar va tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilgan.
Tumanning “Gʻoliblar” MFYda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Ichiki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, banklar, tuman sektor rahbarlari va hokim yordamchilari ishtirokida amaliy seminar, uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi.
Ushbu ochiq muloqotlar chogʻida tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan muammo va takliflarni ilgari surishdi. Xususan, kredit, soliq, kadastr, qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarga oid masalalar boʻyicha koʻtarilgan savollarga javob va yechimlar topishdi. Shu bilan birga uchrashuvda 28 ta muammoli masala koʻtarilib, ularning ijrosi vaqt talab etganligi sababli rahbarlar tomonidan nazoratga olindi.
Bundan tashqari, U.Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Arnasoy tumani mahallalarida “mahalla yettiligi” faoliyati, yoshlar bilan ishlash tizmini samarali tashkil etish hamda tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha xonadonbay oʻrganishlar olib borildi.
Misol uchun, Prezident Xalq qabulxonasi masʼullari “Tinchlik” mahallasidagi koʻp qavatli uyida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Mamurboyev Abbos Ollomurod oʻgʻli tomonidan tashkil qilingan 1.5 sotixlik issiqxona faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor issiqxonaga kerakli boʻlgan qoʻshimcha plyonka, metall qurilmlar kerakligini aytib murojaat qildi. Murojaati qanoatlantirilib, kerakli anjomlar olib berilgan.
“Yangiboʻston” mahallasida koʻp qavatli uylar yonida Xolbekov Dilshod tomonidan tashkil qilgan 20 sotixlik issiqxona sharoitlari bilan ham tanishildi. Qariyb 10-yildan buyon issiqxona faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorning muammolari oʻrganilib, ularni hal etishda amaliy koʻmak koʻrsatilgan.
Muborak Ramazon oyida el-yurtimizga uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan tabarruk nuroniylar holidan xabar olinmoqda
Har bir sohada avlodlar quvvati birlashsa, taraqqiyot yanada jadallashadi. Xalq bilan muloqot tizimini ham yangi bosqichga olib chiqishda ajdodlar merosi, ularning boy tajribasi nihoyatda muhimdir. U.Muhammadiyevning arnasoylik 94 yoshli mehnat faxriysi Bekpoʻlat hoji Eshpoʻlatov bilan muloqotida shular haqida soʻz bordi.
Mehr-muruvvat va xayru saxovat oyi boʻlmish shu muborak kunlarda koʻpni koʻrgan otaxonga davlat rahbari nomidan Ramazon sovgʻalari topshirildi. Arnasoy tumani tamal toshini qoʻygan Bekpoʻlat hoji ota yuksak eʼtibor va hurmat-izzat uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi. El-yurtimiz ravnaqini tilab duo qilingan.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bahorgi daraxt ekish mavsumida koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Oʻz oʻrnida, mazkur xayrli tadbirlarda barcha yurtdoshlarimiz qatori Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, viloyatning Baxmal tumani “Fayziobod” mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida katta koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish xasharlari boʻlib oʻtgan.
Oqsoqollari, yoshlar, koʻngillilar va mahalla faollari ishtirok etgan mazkur xasharlar doirasida U.Muhammadiyev tashabbusi bilan Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga tomorqadan samarali foydalanishga koʻmaklashish maqsadida 10 mingdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari bepul yetkazib berilgan.