So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Toza havo uchun qizgʻongan kuch va mablagʻni kasalxonalar qurishga sarflaymiz” — Rasul Kusherbayev
Oliy majlis qonunchilik palatasi sobiq deputati, Ekovazir maslahatchisi Rasul Kusherbayev poytaxtda ekologiya bilan bogʻliq vaziyat kundan kunga yomonlashib borayotganini maʼlum qildi.
“Kuni kecha Toshkentga bir muddat xizmat safariga kelgan tanishim Germaniyadagi uyiga qaytib ketdi. Bugun qoʻngʻiroq qilib, uni Toshketda qiynagan yoʻtal kasali uyiga borgach yoʻqolganini aytmoqda. Uning taxminicha bu yoʻtal Toshkentning zararlangan havosi bilan bogʻliq. Menimcha u haq.
Men ham ohirgi vaqtlar uy ichidagi havoni tozalab beruvchi choʻntakbop uskuna qidirayapman. Aksiga olib qimmat ekan.
Miyaning kislorodga toʻyinmasligi sababli uyqusizlik, tomoqqa chang oʻtirishi ortidan yoʻtal va allergiya kabilar oʻzimni ham qiynashni boshlagan.
Yozishlaricha baʼzi kunlari(21-dekabr) Toshkent havosidagi PM 2,5 zarralari uchun ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalar (PDK) 57 (ellik yetti) marta ortiqni ham tashkil qilgan.
Aslida uning bir baravar ortiq boʻlishi ham inson sogʻligiga zarar. Bu nafas olish bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa saratonni chaqirarkan.
Bir tomondan avtomobillar koʻpligi, zavod va stansiyalarning ishlashi atmosferaga zaharli gazlar chiqarishni orttirayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan poytaxtda yashil hududlar kamayib, daraxtzorlar yoʻqolishda davom etmoqda.
Bu poytaxt va boshqa hududlar havosi bilan bogʻliq vaziyat jiddiyligini koʻrsatmoqda. Shu bois, hozir bizga samarasi uzoq vaqt talab etagan yashil loyihalar bilan parallel ravishda Toshkent havosini tozalovchi tezkor choralar koʻrishni boshlash kerak.
Masalan, havo tozalovchi uskunlar narxini pasaytirish, havoga zararli gaz chiqaruvchi avtomobillar harakatini kamaytirish, tutun chiqaruvchi barcha zavodlarga tezkor filtrlar oʻrnattirish va hokazo. Aks holda toza havo uchun qizgʻongan kuch va mablagʻni kasalxonalar qurish uchun sarflaymiz!", - deb yozdi deputat.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir