So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Senat Raisi qizining uyiga oʻgʻri tushdi
Oʻgʻirlik yarim tunda sodir etilishiga qaramasdan, oʻgʻirlikda gumonlanayotgan ayol shu zahoti qoʻlga olinib, unga 15 daqiqada hukm oʻqilib, qamoqqa olingan.
Senat Raisi Tanzila Narbayevaning qizining uyida oʻgʻirlik sodir etildi. Bu haqda Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 2-dekabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyevaning qizining uyida enaga boʻlib ishlagan, fuqaro D. T. Uydan 12 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni oʻgʻirlashda ayblangan.
Gumonlanuvchi 2-dekabr kuni soat 23.10 da Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi asosida ushlangan. Oradan 30 daqiqa ham oʻtmasdan turib, 23:45 da jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiyev enagani qamoqqa olishga sanksiya bergan.

“Men hamma qatori sudyalar ham tunda uxlaydi, deb sodda oʻylarkanman. Ularni uygʻoqlikka chorlovchi Oliy sud plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi qarori bor ekan.
Qarorga koʻra, sudya kechiktirib boʻlmaydigan ishlar boʻyicha sutkaning istalgan paytida ochiqmi-yopiqmi sud oʻtkazib, sanksiya beraverarkan. Qoyil!
Soʻzlarimda kesatiq yoʻq, azbaroyi tezkorlikdan hayajonlanib ketdim. Shu hayajon ichida gumonlanuvchining Toshkent shahar prokuroriga tergov organining zugʻum oʻtkazgani, “hozir yalangʻoch qilib, rasmingni eringga yuboramiz”, degan murojaati ham esimdan koʻtarilibdi.
Boshingizni qotirmayman, qisqasi jabrlanuvchi - ayollar huquqlari himoyasi bilan tanilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizlari!.. Mening ham amaldor boʻlgim kelib ketdi: qarang, amalingiz boʻlsa, ishlaringiz qanday tez yurishib ketadi”, — deb yozgan Tashanov.