So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Eurasian Pharma Awards: Yevrosiyoning eng yaxshi farmatsevtika kompaniyalari Samarqandda taqdirlanadi
26-28-sentyabr kunlari Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʻlib oʻtadi. Mukofot laureatlari IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti doirasida taqdirlanadilar.
Sizda nufuzli “Eurasian Pharma Awards” tanlovi sovrindorlari shohsupasida turish uchun imkoniyat bor! “Global Pharmaceutical Leaders” klubi farmatsevtika sohasi yetakchilari oʻrtasida ketma-ket toʻrtinchi yil ushbu tanlovni oʻtkazmoqda.
“Eurasian Pharma Awards” nima?
Eurasian Pharma Awards — Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika sanoatining yetakchi kompaniyalari va mutaxassislarini birlashtiradigan yorqin tadbirdir.
Tanlov sohaning xilma-xilligi va innovatsiyalarini aks ettiruvchi 16 yoʻnalishdagi nominatsiyalar “Yil kompaniyasi (mahalliy va xalqaro)”, “Yil distribyutori”, “Yilning eng yaxshi dorixonalar tarmogʻi”, “Yil eksportchisi”, “Yil innovatsiyasi”, “Yilning raqamli loyihasi” va boshqalar boʻyicha oʻtkaziladi. Bu sizning ilgʻor tajribalar, yutuqlar va farmatsevtika rivojiga qoʻshgan hissalaringizni namoyish qilish imkoniyatidir.
Arizalar 18-avgust kuniga qadar mukofot veb-saytida qabul qilinadi. Gʻoliblar 31-avgustga qadar Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa farmatsevtika bozorlari ekspertlaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, uch kun davomida yuzdan ortiq maʼruzachilar Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada sanoatni rivojlantirish tendensiyalarini muhokama qiladilar.
Tanlovda qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Tanlovda qatnashish bu innovatsiyalar va yutuqlaringizni jahon hamjamiyati bilan baham koʻrish imkoniyatidir. Arizalar 18-avgustga qadar qabul qilinadi va gʻoliblar 26- sentabr kuni boʻlib oʻtadigan Yevrosiyo farmatsevtika sammiti tantanali marosimida eʼlon qilinadi.
Arizalar web-sayt orqali qabul qilinadi.
Evrosiyo farmatsevtika sammiti haqida batafsil maʼlumot web-saytda.