So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Oqqo‘rg‘on tajribasi”: Farg‘onada o‘ttiz yillik muammolar hal etilmoqda – Respublika ishchi guruhi
Farg‘ona viloyatidagi aksariyat mahallada tonglar qizg‘in bunyodkorlik ishlari bilan boshlanyapti: viloyat qishloq-mahallalarining 374 tasida ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, 229 tasida ichimlik suvi va oqova suv ta’minoti bunyod etilayotgan bo‘lsa, 47 ta hududning elektr ta’minoti yaxshilanyapti. Qishloq-mahallalarning aksariyati iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli eng og‘ir hududlardir.
Davlat rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi eng og‘ir-murakkab hududlardagi faoliyati bilan dasturlar ijrosi jadallashtirilyapti. Mahallalarda, xonadonlarda kechayotgan sayyor qabullarda yangi-yangi tizimli masalalar echimi topilyapti. Lo‘ndasini aytganda, xalq bilan muloqotning “Oqqo‘rg‘on tajribasi” bugun Farg‘onaning barcha tuman-shahrida birdek tatbiq etilyapti.
Avvallari bir tumanga belgilangan dastur asosida o‘rtacha 5-6 km ichki yo‘llarni asfaltlash uchun mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bugun birgina Quva tumanidagi 29 ta mahallada bir paytning o‘zida 192 kmdan ortiq yo‘llarni asfaltlash ishlari ketyapti.
Bu – birgina Quvada joriy yilda 38 baravar ko‘p ichki yo‘llar asfalt qilinyapti, degani. Birgina “Akbarobod” mahallasida 5 km yo‘l asfaltlanishiga guvoh bo‘lib, aholi bilan so‘zlashar ekanmiz, quvaliklar bir iborani tez-tez tilga olishdi: “bu kunlarni 30 yil kutdik...”.
E’tiborlisi, bitta tizimli masala hal qilinishi – Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan yuzlab-minglab murojaatlarga ham echim topildi deganidir.
Aytaylik, Quvaning “Namuna” mahallasidagi 3 km yo‘lga beton qoplanayotgani bilan hududdagi 2 mingdan ziyod aholini o‘ylantirgan eng asosiy muammo hal qilinyapti. Yoki Toshloqning “Tog‘liq” va “Konizar” mahallalaridagi 14,2 km yo‘llar asfaltlashtirilishi bilan qariyb 8 ming nafar aholining uzog‘i yaqin, yo‘li ravon bo‘lyapti.
Marg‘ilonda ham bunyodkorlik ishlari avjida. Shaharning birgina “Yangibog‘” mahallasida 1,5 km ichimlik suvi va 700 metr oqova suv tarmog‘i bunyod etilishi bilan hududdagi qariyb 6 ming 250 nafar aholi to‘liq obi hayot bilan ta’minlanadi.
Qo‘shtepa tumanida esa bu yil 16 ta mahallada 33,6 km. yangi elektr tarmog‘i qurilyapti. Bu 16 ta mahalladagi xonadonlar ham, ularda yashayotgan minglab insonlar qalbi ham charog‘on bo‘ladi degani. Yoki birgina “Dexqonobod” mahallasidagi 1,4 km elektr tarmog‘i tortilishi-yu 100 ga yaqin beton tayanchlar va yangi transformator o‘rnatilishi bilan 200 dan ziyod xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.
Davlat rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi faoliyati davom etyapti.