So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Farhod Mannopov operasiya qilingan «Star Med Center» klinikasi vaqtincha yopildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi klinika to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bloger Farhod Mannopov vafoti yuzasidan “OMAD PLYUS” MCHJga qarashli “Star Med” klinikasida tekshiruvlar olib borilayotganini, shu sababli muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini rasman e’lon qildi.
“Ayrim internet nashrlarida mazkur xususiy klinika hali ham ishlayotgani, vazirlik esa jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uchun lisenziya berish jarayonini tashkil etishda “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligiga amal qilgan holda lisenziatlar tomonidan lisenziya talablariga to‘liq muvofiqlik ta’minlanishini nazorat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtdagi “Star Med”klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator lisenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.
Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom”ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11 martdagi 33-06795-sonli qarori bilan “OMAD PLYUS” MCHJga 2021 yil 16 fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli lisenziya talablari va shartlari buzilganligi hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu haqdagi ma’lumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan shu yil 11 mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13 mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan.
Qolaversa, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham ushbu tashkilotning lisenziyasi to‘xtatilganligini ko‘rish mumkin”, — deyiladi xabarda
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qarori bilan “OMAD PLYUS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi 2023 yil 14 mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Mannopovning o‘limi ortidan holatga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.