So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Energetika vazirligi, Markaziy bank va viloyat hokimliklari — Korrupsiyaga qarshi kurashishda «qoniqarsiz» ishlagan davlat idoralari ro‘yxati ochiqlandi
Reyting baholash natijalarining xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholadi .
Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 12 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi.
Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
Rahbarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi, javobgarlik mexanizmining belgilanmaganligi hamda samarali korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha e’tibor qaratilmaganligi tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga sabab bo‘lgan.
Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xo‘jaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyat hokimligi (18 ball) va Energetika vazirligida (21 ball) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samarali joriy etilmagan.
Baholash natijalariga ko‘ra, “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qarash, shu jumladan, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatilgan.
Shu bilan birga, ushbu idoralarda korrupsiyaga qarshi belgilangan talablarning doimiy ravishda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha samarali tizim yaratilmagan.
12 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi “yaxshi” deb baholandi. Mazkur tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan.
Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularni minimallashtirish bo‘yicha aniq va manzilli choralar ko‘rilgan hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda tashkilot rahbarlari shaxsiy namuna sifatida o‘rnak bo‘lgan.
Masalan, Bojxona qo‘mitasida (87 ball) “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, barcha xodimlarning faoliyatini sun’iy intelekt yordamida baholash hamda xavfi yuqori bo‘lgan xodimning shaxsi haqida “axborot portreti”ni onlayn shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Soliq qo‘mitasining barcha tarkibiy hududlarida ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaxshi natija qayd etgan tijorat banklarida esa korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va kamaytirishning samarali mexanizmi joriy etilgan hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yana-da oshirish imkonini berdi.
“Baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi.
“Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrussiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yana-da yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi.
“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitib boriladi. Reyting baholash natijalari Milliy kengashga yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga ko‘ra, baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.