So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Boʻkadan Salavkiylar sarkardasining noyob koʻzasi topildi
Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan.
Toshkent viloyati Boʻka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topildi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, topilgan tarixiy ashyolar orasida sirtiga ayol qiyofasi boʻrttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon koʻza noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan.

Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Idishda yunon maʼbudasining tasviri oʻz aksini topgan.
Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.