Qidirish

10:58 / 2023-03-04 1951 0 Jamiyat

Emina Karamanovaning hibsga olinishi yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

Toshkent viloyati IIBB Emina Karamanovaning hibsga olinishi, uning blogerlik faoliyatiga bogʻliq emasligini maʼlum qildi.

world-news

Toshkent viloyati IIBB bloger Emine-Lemara Mirzaahmedovani hibsga olinishi yuzasidan rasmiy maʼlumotni eʼlon qildi.

Maʼlum qilinshicha, 47 yoshli Lemara Mirzaaxmedovaga tegishli “TEX KREDO” MCHJga, Yangiyoʻl tumani hududida joylashgan, xotira maydonchasini zamonaviy shaharsozlik talablari darajasida taʼmirlash uchun, shartnoma asosida, mahalliy byudjet hisobidan, 329 mln. 300 ming soʻm miqdordagi pul mablagʻlari ajratib berilgan.

Keyinchalik, mazkur shartnoma ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvida esa, pudratchi MCHJ rahbari, 47 yoshli Lemara Mirzaaxmedova (ijtimoiy tarmoqlarda Emina Karamanova taxallusi bilan tanilgan) va boshqalar tomonidan, aslida bajarilmagan 227 mln 135 ming soʻmlik ishlarni qoʻshib yozish orqali, rasman bajarilgan ishlar hisobiga kiritib, koʻp miqdorda byudjet mablagʻlarini talon taroj qilganliklari aniqlangan.

Boshqa bir holatda ham, ushbu MCHJ mansabdorlari tomonidan, xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi, 7-sonli maktabning qoʻshimcha xoʻjalik binosini qurib berish uchun, shartnoma asosida 157 mln soʻm byudjet mablagʻlari ajratilgan boʻlib, ish hajmini qoʻshib yozish orqali, haqiqatda bajarilmagan ishlar uchun yana 13 mln 441 ming soʻm pullar talon taroj qilingan.

Mazkur holatlar yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), uchinchi qismi, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash va qalbakilashtirish, sotish yoki foydalanish), 2 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda, pudratchi “TEX KREDO” MJCH rahbari Lemara Mirzaaxmedova himoyachi bilan taʼminlangan xolda, jinoyat ishiga jalb etilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuni alohida qayt etish joizki, mazkur jarayonlar fuqaro Mirzaaxmedovaning OAVdagi blogerlik faoliyatiga aloqador emas”, — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Fikr bildirish