So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Bu tizimning kechirilmas xatosi, Prezident oldida uyatlimiz” — IIV oʻrinbosari
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi IIB binosida sodir boʻlgan 15 yoshli oʻsmir bolaning oʻlimi toʻgʻrisidagi xabar koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanining “Sulton” MFY, Sulton qishlogʻida yashagan, 2007-yilda tugʻilgan R.A. 2022-yilning 16-oktyabrida Buvayda tumanining Yangiqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan “Ansor” savdo majmuasiga ota-onasining nazoratisiz aylangani borgan.
R.A. mazkur majmuada oʻgʻirlik qilmoqchi boʻlganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va Qoʻqon shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga yuborilgan.
17-oktyabr kuni R.A.ning sogʻligʻi yomonlashib, hushidan ketganligi sababli unga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan, biroq shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida bola vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar Vaziri oʻrinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Bir norasidani voyaga yetkazish qancha mashaqqat talab etadi?! Eslasam, hamon yuragim ogʻriydi. Bu holat haqiqiy sovuqqonlik boʻldi. Xatoga yoʻl qoʻygan xodimlar qamoqqa olindi. Oʻzim boshchiligimda attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Xodimlar toʻliq shahodatlashdan oʻtadi.
Tan olaman, bu voqea tizimni kechirilmas xatosi boʻldi. Bir yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqishda bosh qosh boʻlganmiz. Masʼuliyatni boʻynimizga olganmiz. Prezidentga mazkur tizimni “ipidan ignasigacha” toʻgʻri tashkil etish uchun soʻz berganmiz.
Prezident oldida ham uyatlimiz. Ishoning, agar shu bolaning hayotini saqlab qolish uchun kerak boʻlsa, men hech ikkilanmay, oʻz lavozimimdan voz kechardim”, – dedi Bekmurod Abdullayev OʻzAga bergan intervyusida.
Maʼlumot oʻrnida, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarini tashkil etishdan maqsad — ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatni samarali tashkil etishdir.