So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
“Yashirin imtihon”da vakillarimiz ishtirok etmagan, XBA tadbirlariga agentlikning mutlaqo aloqasi yoʻq» – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi aholiga xizmat koʻrsatish monomarkazidagi holatga raddiya berdi
Kecha, 12-fevral kuni Effect.uz internet-nashrida band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatish monomarkazida goʻyoki yashirin tarzda imtihon oʻtkazilganligi toʻgʻrisida video material eʼlon qilindi.
Videoda imtihonlar Migratsiya boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilishi va rasmiy Telegram kanalda xabar berilishi aytilgan boʻlib, unda “tanish bilishchilik” masalasiga chek qoʻyilmagani yoritilgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonot berib, xorijga ish ketish uchun yashirin imtihon oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
Yaʼni, holatni oʻrganish natijasida maʼlum boʻlishicha, “TURON WORLD COOPERATION” xususiy bandlik agentligi tomonidan 11, 12 va 13-fevral kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida payvandlash boʻyicha trening oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot kanallarida ushbu tadbir haqida maʼlumotlar eʼlon qilinmagan va unda Agentlik vakillari ishtirok etmagan.
Shuningdek, agentlik matbuot xizmati rahbari Ortiqxoʻja Norovning qayd etishicha, ushbu va boshqa xususiy bandlik agentliklari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oldida hisobdor emas hamda ushbu tashkilotlar tegishli litsenziyaga ega boʻlgach, faoliyatlarini mustaqil olib boradi.
«Ular tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil faoliyat olib boradi, ularning roʻyxatdan oʻtishi, litsenziya olishi, hisobot berishi kabi jarayonlariga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutlaqo aloqador emas. Shuning uchun, “Turon World Cooperation” xususiy bandlik agentligi va fuqarolar oʻrtasida nima kelishuv, qanday majburiyatlari bor, biz bilmaymiz», deydi agentlik matbuot kotibi Ortiqxoʻja Norov.

Agentlik shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat turi hisoblanishini va litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari roʻyxati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi saytida doimiy eʼlon qilib borilishini eslatgan.
Hozirgi vaqtda fuqarolarni xorijga ishga joʻnatish vakolatiga ega tashkilotlar soni 8 tani tashkil qiladi. Roʻyxat ushbu havolada