So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Samarkand Tourism” forumi oʻz ishini boshladi
Ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashadilar.
Samarqandda bugun “Samarkand Tourism Forumi” oʻz ishini boshladi. Forumni Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov ochib berdi.

“Hurmatli forum ishtirokchilari, eʼtiboringizni boʻlajak xalqaro tadbirlarga qaratmoqchiman. Joriy yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan UNWTOning Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi hamda 2024-yilda “Xiva – Islom turizmi poytaxti” doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo 57 davlat turizm vazirlari va turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etiladi”, — dedi Aʼzamov.
Taʼkidlash kerakki, “Samarkand Tourism Forumi”ning birinchi kuniga yalpi majlis, davra suhbati, master-klasslar va madaniy tadbir rejalashtirilgan.


Maʼlumot uchun, ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashadilar.
Bu xalqaro platforma turoperatorlar va gidlar, restoratorlar, mehmonxona egalari, turizm bilan bogʻliq korxonalar hamda davlat sektori vakillarini birlashtirdi.