So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Oʻzbekistonga 2022-yilda 5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan
2023-yilda Oʻzbekistonga 7 million nafar xorijlik turistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
2022-yilda xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga jami 5,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2021-yilgi koʻrsatkichdan (1,8 million nafar) deyarli 3 barobarga koʻpdir, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vaziriligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qoʻshni davlatlardan oʻtgan yili jami 4 364,8 ming nafar turist tashrif buyurdi va bu 2021-yilga nisbatan 283 foizga koʻpdir.
Shuningdek, qolgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridan 606,4 ming nafar (2021-yilga nisbatan 291 foizga koʻp), uzoq xorij mamlakatlaridan 261,6 ming nafar (2021-yilga nisbatan 198 foizga ortiq) turist Oʻzbekistonga keldi.
Jumladan, Turkiyadan 75,5 ming (2021-yilga nisbatan 171 foizga koʻp), Janubiy Koreyadan 19,9 ming (2021-yilga nisbatan 347 foizga koʻp), Germaniyadan 17,7 ming (2021-yilga nisbatan 257 foizga koʻp), AQSHdan 13,1 ming (2021-yilga nisbatan 242 foizga koʻp), Fransiyadan 11 ming (2021-yilga nisbatan 372 foizga koʻp) hamda Buyuk Britaniyadan 10,5 ming (2021-yilga nisbatan 264 foizga koʻp) turist Oʻzbekistonni ziyorat qildi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 2022-yilda Oʻzbekistonga kelgan turistlarning 49,6 fozini, yaʼni 2 593 400 nafarini 31 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan kishilar tashkil qilgan.
Shuningdek, xorijlik turistlarning 723,3 ming nafari - 18 yoshgacha boʻlganlar, 846,5 ming nafari – 19 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar hamda 1 069,6 ming nafari 50 yoshdan oshgan kishilar boʻldi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekistonga 7 million nafar xorijlik turistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.