So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Oʻzbekiston — 2023-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi maskan” — Misrlik jurnalist
Maqolada Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani qayd etilgan.
Misrning “Al-Muvatin” axborot agentligi saytida “O‘zbekiston — 2023-yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi” sarlavhali maqola chop etildi.
Jurnalist Fotima Badaviy tomonidan tayyorlangan materialda O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi, sayyohlik salohiyati hamda 2023-yilga mo‘ljallangan sayyohlik loyihalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
“Lonely Planet" xalqaro nashriyoti reytingida O‘zbekiston vizasiz kirish va harakatlanish qulayligi bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb topildi, The Economist jurnali O‘zbekistonni so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli Markaziy Osiyodagi eng barqaror rivojlanayotgan davlat deb tan oldi. Bularning barchasi, shuningdek, boy tarix va ajoyib taomlar O‘zbekistonni mashhur sayyohlik maskaniga aylantiradi”, deb ta’kidlaydi “Al-Muvatin” axborot agentligi.

Maqolada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizni xorijlik sayyohlar uchun tobora ochiq va jozibador manzilga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlanadi.
“65 davlatdan tashrif buyuruvchilar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi va 77 davlat, jumladan, Misr fuqarolari uchun elektron vizalar berish tizimi soddalashtirildi, — deyiladi maqolada. – Xususan, Samarqand va Buxoroning muhtasham masjid va minoralarini ko‘rishni orzu qilgan insonlar bugun dunyoning barcha burchaklarida topiladi".
Maqolada Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlarning muhim roliga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta'kidlangan.
“Soʻnggi yillarda sayyohlar ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning eng muhim sayyohlik yoʻnalishlariga tashrif buyurish tajribasi va taassurotlari bilan oʻrtoqlashmoqda. USAID O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng jozibali va xavfsiz sayohat yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish uchun blogerlar bilan ham hamkorlik qiladi. Fud-bloggerlar esa o‘zbek oshxonasining milliy taomlarini yoritishda juda faol”, — deb yozadi Fotima Badaviy.
Ma'lumot uchun, hindistonlik sayyoh Sujata Dogra qishda O‘zbekistonga sayohat qilishni tavsiya qilgandi.