Qidirish

18:43 / 2023-01-30 460 0 Jamiyat

Surxondaryoda ilk bor gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi oʻtkazildi

Surxondaryo viloyati o‘zining noyob taomlari va oshxonasi bilan gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi.

 

world-news

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Jo'rabek Toʻrayev va boshqa mutasaddilar ishtirokchilarni voha markazida oʻtkazilayotgan ilk Termiz gastronomik turizmi va yarmarkasi bilan tabrikladi. 

Shuningdek, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor qaratilib, ichki va tashqi turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilib, hajmini koʻpaytirish, sayyohlarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish uchun zarur sharoit yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish muhim vazifa sifatida belgilab olingani taʼkidlandi. Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha imkoniyatlar berilib, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasi yuksaltirilayotgani qayd etildi.

Ta'kidlash joizki, Surxondaryo viloyati o‘zining noyob taomlari va oshxonasi bilan gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi.

Boy tarix va madaniyati, betakror meʼmoriy va arxeologik yodgorliklari va soʻlim tabiati, shifobaxsh suvlariga ega boʻlgan voha butun dunyo sayyohlarida katta qiziqish uygʻotmoqda. 

Misol uchun, joriy yilning oʼtgan davrida viloyatga 824 ming 500 nafar mahalliy va dunyoning 85 davlatidan 143 ming 900 nafar chet ellik sayyoh kelgan.

Bundan tashqari, "Oʼzbekiston boʼylab sayohat qiling" dasturi doirasida 777 ming 700 nafar surxondaryolik turistlar mamlakatimizning turli hududlariga sayohatni amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, festival doirasida Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z ish va loyihalarini taqdim etishdi.

Shuningdek, “Bolajon bo‘ki” istirohat bog‘i hududidagi ko‘chma sahnada ishtirokchilar tomonidan 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi. Bundan tashqari, mahalliy hunarmandlar tomonidan viloyat hunarmandlarining mahsulotlari va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Qolaversa, ilk Termiz gastrofestivali doirasida tadbirkorlar, jurnalistlar va blogerlar uchun B2B uchrashuvlari, matbuot anjumani, shuningdek, viloyatdagi mehmonxona va restoranlarga press-tur uyushtirildi.

Festivali yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi dasturxon bezatish” nominatsiyasida Sariosiyo tumani oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qumqo‘rg‘on tumani ikkinchi, Muzrabot tumani esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Milliy taomlarning eng yaxshi turi” nominatsiyasida esa Boysun tumani oshpazlari birinchi, Termiz viloyati oshpazlari ikkinchi, Termiz shahri oshpazlari esa uchinchi o'ringa munosib ko'rildi.

Festival konsert dasturi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Izohlar 0

Fikr bildirish