So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“2022-yilda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida bir qancha milliy va xalqaro festivallar oʻtkazildi” — Madaniyat va turizm vazirligi
Madaniyat va turizm vazirligi 2022-yil oʻtkazilgan milliy va xalqaro festivallar yuzasidan hisobot berdi.
2022-yilda Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida bir nechta xalqaro va respublika festivallari oʻtkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, “Toshkent bahori”, “Lazgi”, “Boysun bahori”, “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik”, “Gullar bayrami” hamda XV MDH ilmiy va ijodiy ziyolilari forumi xalqaro tadbirlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, bir qator tanlovlar va loyihalar yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida madaniyat va sanʼatga oid 6 ta koʻrik-tanlovning taʼlim muassasalari, tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlari yuqori saviyada oʻtkazildi.
Madaniyat markazlari 3 turdagi (rubob, tanbur, doira) 2 450 ta musiqa cholgʻu asbobi, 9 000 ta yangi metodik qoʻllanma, 71 ta elektron adabiyot shaklidagi metodik qoʻllanma, QR-kodli 1 800 ta innovatsion jihoz bilan taʼminlandi.
Yoshlarning musiqiy savodxonligini oshirish maqsadida taʼlim muassasalarida 36 ta lektoriy konsert dasturlari oʻtkazildi.
Shuningdek, “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri, Davlat akademik xalq cholgʻulari orkestri, “Oʻzbekiston”, “Navbahor” ashula va raqs ansambllari ishtirokida 32 ta konsert-tomosha tashkil etildi.