So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Samarqandda 500 gektardan ortiq yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallangani maʼlum boʻldi
Samarqand viloyati hududida yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilishlar qurilganlik holatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.
Unga koʻra, yer munosabatlari bilan bogʻliq qonun buzulish holatlari yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2022-yil davomida Samarqand viloyati tumanlarida jami 1753 ta xolatda 509 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi va yer qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati A.Xaitov maʼlum qildi.
Jumladan, 1 195 ta holatda 282 gektar uy-joy qurish maqsadida, shundan 387 ta xolatda 156.6 gektar tomorqa sifatida 347 ta holatda 20.7 gektar noturar joy qurish maqsadida va 210 ta holatda 205.4 gektar boshqa xolatlarda foydalanish uchun egallab olingan.
Ushbu aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 518 ta holatda 255 gektar ixtiyoriy bartaraf etilgan.
Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 981 ta xolatda 214 gektar buyicha fuqarolik ishlari boʻyicha sud idoralariga noqonuniy qurilmani buzdirish va yer maydonini asl xolatiga keltirish yuzasidan daʼvo arizalar va prokuratura organlariga 207 ta holatda 34 gektar maydondagi qonunbuzilishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilgan.
Bundan tashqari 61 ta holatda 624.7 gektar yer maydonida yerdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan va tuman shahar hokimliklariga taqdimnomalar kiritilgan hamda 16 ta holatda 481.3 gektar yer maydonlari qaytarilgan.