So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Koson XTB binosida yongʻin sodir boʻldi
Yuzaga kelgan yongʻin qutqaruvchilar tomonidan 1 soat ichida oʻchirilgan, hozirda baxtsiz hodisaning sabablari oʻrganilmoqda.
Kecha, 14-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani xalq taʼlimi boʻlimi binosida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda tuman hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, boʻlimining asosiy binosi va xonalarida yongʻin kuzatilmagan, hech qanday zarar yetmagan. Faqat qoʻshimcha binoda yongʻin sodir boʻlgan.
Oradan bir soat vaqt oʻtgach tuman xalq taʼlimi boʻlimining qoʻshimcha binosida yuzaga kelgan yongʻin qutqaruvchilar tomonidan toʻliq oʻchirilgan. Hozirda yongʻin sabablari oʻrganilmoqda.
Shuningdek, Dehqonobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida boʻlim mudiri, bosh hisobchi va sobiq bosh hisobchilarga jami 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan sudning tegishli ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.