So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
YouTube Donald Trampning akkauntini tikladi
YouTube boshqa kanallar singari Amerika sobiq prezidentining sahifasini kuzatishda davom etadi.

YouTube videoxostingi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning akkaunti tiklangani haqida eʼlon qildi.
“Bugungi kunda Donald Tramp kanaliga kirish cheklanmagan va u yerga yangi kontent yuklanishi mumkin. Biz haqiqiy zoʻravonlikning davom etayotgan xavflarini sinchkovlik bilan baholadik, shu bilan birga saylovchilarning asosiy nomzodlarni bir xilda eshitish qobiliyatini muvozanatlashtirdik”, — deyiladi kompaniya eʼlon qilgan xabarda.
Qayd etilishicha, YouTube boshqa kanallar singari Amerika sobiq prezidentining sahifasini kuzatishda davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, Oq uyning sobiq rahbarining AQSHdagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan uzilishiga 2021-yil 6-yanvardagi tartibsizliklar va Kapitoliyga bostirib kirish sabab boʻldi.
Avvalroq Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Twitter va Facebookʻga qaytish niyatida ekani xabar qilingandi.



