So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Ularni maqsadi xayp qilish boʻlgan” — Qudratxoʻja tabiiy fanlar haqidagi fikrlari notoʻgʻri talqin qilinganini aytdi
Qudratxoʻja holatga munosabat bildirib, uning fikrlari notoʻgʻri talqin qilinayotganini aytdi va oʻrta taʼlim maktablari oʻquv dasturidan kimyo va fizika fanlarini chiqarib tashlashni taklif qilgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligini taʼkidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) rektori Sherzod Qudratxoʻjaning Xalqaro press-klub koʻrsatuvida maktab dasturidagi fizika va kimyo fanlari soatlarini qisqartirish haqidagi taklifi keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Qudratxoʻja holatga munosabat bildirib, uning fikrlari notoʻgʻri talqin qilinayotganini aytdi va oʻrta taʼlim maktablari oʻquv dasturidan kimyo va fizika fanlarini chiqarib tashlashni taklif qilgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligini taʼkidladi.
“Videolavhada 2 soatlik koʻrsatuvning 30 soniyasi koʻrsatilgan, xolos. Men ushbu fanlar qiyin qilib yuborilganini aytib, bolalarimizga yengilroq, kreativroq dars oʻtaylik, deb taklif kiritdim. Fizika, kimyo kabi fanlar, albatta, kerak. Lekin bu darslarni oʻqitishda eski qoliplardan voz kechib, zamonaviy metodlardan foydalanishimiz kerak.
Masalan, bir eslanglar, 10—11-sinflarda oʻrgangan qaysi murakkab formula esinglarda qolgan? Darslar qanchalik qiyin boʻlgan, qizil diplom olishda qanchalik xalaqit qilgan, oʻqishga kirishdan chalgʻitgan? Shu maʼnoda aytdim, xolos”, — deya izohlaydi OʻzJOKU rektori.
Uning fikricha, bu fanlarning akademik darajada oʻtilishi oqibatida taʼlimda juda koʻp muammolar kelib chiqqan.
“Vaziyat juda ogʻir. Darsliklar qayta koʻrib chiqilayotgan paytda farzandlarimiz oʻrganadigan darslar oddiy, hayotiy boʻlishi kerakligi muhim deb hisoblayman. Ertaga fizik olim boʻlmoqchi boʻlganlar esa keyinchalik fanni chuqurlashtirilgan, fakultativ darslarda, maxsus sinflarda oʻrganishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi u.