So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Qamoqqa olinganlar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Bu boradagi qonun senatning beshinchi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi qonunga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun koʻrib chiqildi.
Muhokama qilingan mazkur qonunda qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin oʻsha yerning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.
Ushbu qonunning qabul qilinishi insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi kafolatlari yanada mustahkamlanishiga, davlatimizning inson huquqlari taʼminlanishi boʻyicha xalqaro hamjamiyat oldidagi nufuzi oshishiga xizmat qiladi.
Qonunning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishni, ularning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlaydi.