So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif doirasida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni joriy yilning kuzida Samarqand shahrida oʻtkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.
Boʻlajak tashrif arafasida koʻplab tadbirlar oʻtkazilayotganini taʼkidlash joiz. Xususan, 1-mart kuni Grets-Armenvil shahridagi “Uranoskop” observatoriyasi hududida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi.
Shu kunlarda Parij shahrida sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim, madaniyat, turizm va biznes sohalarida forum va anjumanlar oʻtkazilmoqda. Tuluza, Lion va Nissada qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlari boʻlib oʻtadi.