So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Paxta terim mashinasi uchun subsidiyalar toʻlanmayotgani aytildi. Fermerlar kengashi holatga munosabat bildirdi
Fermerlar kengashi terim mashinasi xizmatlari uchun subsidiyalar toʻlanmayotgani ortidan Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga soʻrov kiritgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Fermer minbari” telegram guruhiga respublikada faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq fermer xoʻjaliklari rahbarlarining 2024-yil hosilini paxta terim mashinalarida yigʻib-terib olish xizmati uchun subsidiyalar berilmayotganligidan noroziligi haqida murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentyabrdagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 574-sonli qarori 2-bandida 2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish xizmati bahosining 20 foizini, biroq 250 ming soʻmdan oshmagan qismini 2025-yil 1-martgacha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash belgilangan.
2024-yilda paxta terish mashinalarida paxtani yigʻib-terib olgan fermer xoʻjaliklari tomonidan mazkur qarorda belgilangan subsidiya mablagʻlarini olmaganligi oqibatida fermer xoʻjaliklarining moliyaviy ahvoli yomonlashishish mumkin.
Misol uchun, Andijon viloyati Boʻston tuman “Diyorbek Dilyorbek” fermer xoʻjaligi 70,1 tonna, Navoiy viloyati Navbahor tumani “Bekxodjon nurli istiqboli” fermer xoʻjaligi 39,5 tonna, Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Oq paxta boyligi” fermer xoʻjaligi 153 tonna hosilni paxta terish mashinalarida terib topshirilgan boʻlsada shu kunga qadar subsidiyalar toʻlab berilmagan.
Shu bois, Oʻzbekiston fermerlari kengashi 2025-yil 4-mart kuni Vazirlar Mahkamasiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga respublika boʻyicha barcha fermer xoʻjaliklarining 2024-yil paxta hosilini terim mashinalarida yigʻib-terib olish xizmati uchun subsidiyalar ajratish boʻyicha tezkor choralar koʻrishni soʻrab murojaat qilgan.



