So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Fermerlar kengashi Xorazmda fermerlarga nisbatan oʻtkazilgan bosimlarni qoralab, mansabdorlarga chora koʻrish boʻyicha Bosh prokuraturaga murojaat yoʻlladi
Effect.uz avvalroq “Bosimlar qachongacha davom etadi?” – Xorazmda hokim oʻrinbosari majlisga kelmagan fermerlarni chora koʻrish bilan qoʻrqitdi” nomli sarlavha bilan xabar eʼlon qilgan edi. Mazkur xabarga fermerlar kengashi munosabat bildirdi.
Xabarda 14-fevral kuni viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.Masharipov boshchiligida oʻtkaziladigan yigʻilishga kelmagan fermerlarga chora koʻrilishi toʻgʻrisida yozilgan xabarnomadan Shovot tumanida faoliyat yuritayotgan fermerlar noroziligini bildirganini koʻrish mumkin.
Taʼkidlanishicha, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga koʻra, fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer kodeksining 36-moddasiga koʻra fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini bekor qilinishi yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda yoki faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Prezidentning 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandida yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos boʻlib hisoblanishi belgilangan.
Shu bois, Oʻzbekiston fermerlari kengashi tomonidan 3-mart kuni Bosh prokuraturaga Xorazm viloyat hokimligi masʼullariga nisbatan prokuror nazorati hujjati qoʻllash masalasini koʻrib chiqilishida amaliy yordam soʻrab, murojaat qilgan. Shuningdek, kengash fermerlarning tadbirlarda ishtirok etishi ixtiyoriy ekanligini eslatdi.