So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
O‘zbekiston davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshdi
Qayd etilishicha, 2024-yil IV choragi yakunida davlat qarzi 40,2 milliard dollarga yetgan. Bu respublika yalpi ichki mahsulotining 35 foiziga teng.
Davlat kafolati ostida olingan kreditlarning 33,7 milliard dollari (84 foizi) tashqi qarz bo‘lib, shundan 17,9 milliard dollari qatʼiy belgilangan foiz stavkada jalb qilingan. Qolgan 15,64 milliard dollari o‘zgaruvchan foiz stavkalarda olingan. Biroq qarz tarkibi sharhlanmagan, kreditlar necha foizdan jalb qilingani ochiqlanmagan.
Ichki qarz miqdori 6,5 milliard dollarga yaqinlashgan (yil boshida 5,9 milliard dollar bo‘lgan). Shundan 5,1 milliard dollar qatʼiy belgilangan foiz stavkada olingan. Shu bilan birga, 1,2 mlrd dollari foizsiz jalb qilingan.
Oxirgi besh yilda davlat qarzi miqdorlari quyidagicha o‘zgardi:
2019-yilda — 17,8 milliard dollar;
2020-yilda — 23,4 milliard dollar;
2021-yilda — 26,3 milliard dollar;
2022-yilda — 29,2 milliard dollar;
2023-yilda — 34,9 milliard dollar.
Maʼlumot uchun, 2024-yilda davlat tashqi qarzi jalb qilishning qonun bilan belgilangan yillik limiti 5 milliard dollar edi. Biroq yil yakunida bu miqdor 7,3 milliard dollarga yetdi. Qonun ijro etilmadi. 2025-yilda yana 5,5 milliard dollar tashqi qarz olinishi belgilangan. Prognozlarga ko‘ra, joriy yil yakunida davlat qarzi miqdori 45,1 milliard dollarga yetishi (YIMga nisbatan 36,7 foiz) mumkin.