So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
"Trampning G‘azoni sotib olish haqidagi da’volari mutlaqo bema’nilik" – HAMAS
«G‘azo o‘z xalqiga tegishli va falastinliklar o‘z yerlarini tark etmaydi. Ular 1948 yilda bosib olingan shahar va qishloqlarga qaytishdan boshqa hech qanday ko‘chirishga rozi bo‘lmaydi», — deb ta’kidladi HAMAS Siyosiy byurosi a’zosi Izzat ar-Rishk o‘z bayonotida.
Falastin XAMAS harakati AQSH prezidenti Donald Trampning yaqinda G‘azo sektorini «sotib olish va nazorat qilish niyati» haqidagi bayonotini qattiq qoraladi. Bu haqda HAMAS Siyosiy byurosi a’zosi Izzat ar-Rishk ma’lum qildi.
«Biz Trampning G‘azoni sotib olish to‘g‘risidagi bema’ni gaplarini qat’iyan qoralaymiz. Bu so‘zlar Falastin va umuman mintaqaga nisbatan chuqur bilimsizlikni namoyon etadi», - deyiladi bayonotda.
Izzat ar-Rishk qamaldagi eksklavning sotib olinishi yoki sotilishi mumkin bo‘lgan ko‘chmas mulk emasligini ta’kidladi, shuningdek, bu hududning Falastinning ajralmas qismi ekanini alohida qayd etdi.
HAMAS harakati Falastin xalqi majburiy ko‘chirish bo‘yicha har qanday rejalarni barbod qilishiga ishonch bildirdi.
«G‘azo o‘z xalqiga tegishli va falastinliklar o‘z yerlarini tark etmaydi. Ular 1948 yilda bosib olingan shahar va qishloqlarga qaytishdan boshqa hech qanday ko‘chirishga rozi bo‘lmaydi», — deb ta’kidlandi bayonotda.
Ilgari Donald Tramp AQSH G‘azo sektorini o‘z nazoratiga olishi va uni Yaqin Sharqdagi boy mamlakatlar yordamida qayta tiklashi haqida so‘z yuritgandi. Shuningdek, u «G‘azoni sotib olib, uni boshqarishga» qat’iy ahd qilganini ta’kidladi.