So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston turizm salohiyati Malayziyada taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi arafasida 3-fevral kuni ushbu mamlakatning Penang shtatida “O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li durdonasi” O‘zbekiston-Malayziya turizm forumi o‘tkazildi.
Tadbirda Turizm qo‘mitasi rahbariyati, Malayziya va Penang shtati hukumatlarining turizm yo‘nalishi rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston va Malayziyaning turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislari hamda biznes vakillari ishtirok etdilar. Forumda O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari, tarixiy obidalari, madaniy va tabiiy boyliklari haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlarda O‘zbekistonning turizm yo‘nalishlari, shu jumladan, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlarining boy madaniy va tarixiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakatning 100 dan ortiq turizm biznesi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “B2B” uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston va Malayziya sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatildi, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va turistlar oqimini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Malayziya sayyohlik kompaniyalari vakillari forum doirasi tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi orqali so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududlarida barpo etilgan yangi turizm maskanlari, yangilangan infratuzilmalar va madaniy meros obektlari bilan tanishdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar yurtimizning boy va rang-barang madaniyati hamda an’analarini aks ettiruvchi milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan yaqindan tanishib, o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rdilar. Forum O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.