So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Xitoyda “O‘zbekiston turizm yili” boshlandi
“O‘zbekiston turizm yili” O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasida joriy yil yanvar oyida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkazilmoqda.

3 dekabr kuni Pekin shahrida “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston turizm yili” O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasida joriy yil yanvar oyida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, XXR Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Lu Yunchuang, BMT Turizm bosh kotibi Zurab Pololikashvili, “Trip.com”, “Alibaba Fliggy”, “CCT”, “CYTS” kabi yirik turoperatorlar va korporatsiyalar rahbarlari, “CCTV”, “CGTN”, “China Global” yetakchi media xoldinglari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston turizm yili”ning ochilishi doirasida turizmga investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy forumi bo‘lib o‘tdi, unda Xitoyning 200 dan ortiq sayyohlik biznesi vakillari istiqbolli infratuzilma loyihalari, xitoylik sayyohlar uchun yangi tur mahsulotlari va yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Shanxay, Guanchjou va Sian shaharlarida “O‘zbekistonga sayohat qil!” sayyohlik roud-shousida ishtirok etadi, uning doirasida ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kungacha vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.



