So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar 1 milliard dollar evaziga modernizatsiya qilindi
Bugun, 7-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishda sohada hali qilinadigan ishlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.
Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika boʻyicha oʻrtacha 212 soʻm xarajat qilinayapti. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu koʻrsatkich 2-3 barobar yuqori.
Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.
Lekin, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda oʻrta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
Betonlash hisobiga yoʻqotish 10-15 foizga kamaygan boʻlsa-da, 20 ta tumanda yoʻqotishlar respublikada eng yuqori.
Yigʻilishda Jizzax viloyati Doʻstlik tumani misoli koʻrib chiqildi.
Tumanda xitoylik investorlar bilan suv boshqaruvini aqlli tizimga oʻtkazish boʻyicha loyiha yakuniga yetkazildi.
Suv taqsimlanadigan 2 mingta nuqtaga hisoblagich va videokamera oʻrnatilib, kimga qancha suv borgani aniq koʻrinadi. Avtomatlashgan boshqaruv orqali 20 foiz, sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash hisobiga yana 10 foiz suv tejaladi. Suv boshqaruvi xususiy sektorga berilib, fermerlar bilan kooperatsiya tuziladi.
Viloyatlar hokimlariga Doʻstlikdagi yangi tizimni oʻrganish, viloyatidagi suv taʼminoti ogʻir va xarajati qimmat 1 tadan tumanda Doʻstlik tajribasini joriy qilish topshirildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir