So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Amerikada saylov davom etmoqda. Dastlabki uchastkada tenglik kuzatildi
Amerika Qoʻshma Shtatlarida saylov davom etmoqda. Birinchi saylov uchastkasining ovoz berish natijalari sarhisob qilindi. Prezidentlikka nomzodlar respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Harris ovozlarni oʻzaro teng taqsimlab olgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Vitse-prezident Kamala Harris va sobiq prezident Donald Tramp Nyu-Xempshir shtatidagi Diksvill Notchdagi mittigina hamjamiyatda uchtadan ovozni boʻlishishdi. Ushbu shtatning ovozlari doimiy tarzda birinchi boʻlib eʼlon qilinadi.
1960-yildan beri anʼanaga aylanganidek, AQSHda birinchi saylov uchastkasi yarim tunda shu yerda ochiladi. Bu shtatning kichkina hamjamiyati 6 ta ovozga ega. Ovozlar sanab childi va natija eʼlon qilindi. Shundan soʻng saylov uchastkasi darhol yopildi.
Nashrning qayd etishicha, soʻnggi prezidentlik saylovlarida, yaʼni 2020-yilda oʻsha paytda gʻalaba qozongan Jo Bayden bu sohada koʻpchilik ovozlarni qoʻlga kiritgan.
2016-yilda Hillari Klinton bu yerda yetti ovozdan toʻrttasini qoʻlga kiritgan. Ikkitasi gʻolib Trampga nasib etgan. 2012-yilda Diksvill Notch aholisining ovozlari ham teng taqsimlangan: besh nafari gʻolib boʻlgan demokrat Barak Obamaga, qolgan besh nafari esa respublikachi Mitt Romniga ovoz bergan.
Eslatib oʻtamiz, bugun AQSHda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Amerikaliklar kelasi toʻrt yilga davlat rahbarini tanlashi kerak boʻladi. Soʻnggi haftalarda oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, hech bir nomzod jiddiy ustunlikka ega emas va statistik xatolik chegarasiga toʻgʻri keladi. Mutaxassislar kim gʻalaba qozonishi borasida aniq fikr ayta olmayapti.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir