So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Anqaradagi aerokosmik kompaniya binosida terakt: 4 kishi halok bo‘lgan
Anqaradagi TUSAŞ aerokosmik kompaniyasi obyektida sodir etilgan teraktda uch kishi halok bo‘ldi, ikki jinoyatchi yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 23 oktyabr kuni poytaxtning Qahramanqozon tumanida, TUSAŞ korporatsiyasi binosi yonida avval portlash, keyin esa otishma sodir bo‘lgan.
«TUSAŞ obyektiga terror hujumini uyushtirgan ikki terrorchi yo‘q qilingan, afsuski, hujum natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi», deydi Yerlikaya.
Habertürk telekanali jinoyatchilarning kirish eshigigacha borgani va kamida ikki qurollangan shaxs — bir erkak va bir ayolning kompaniya xodimlari yashiringani xabar qilingan binoga kirib kelgani aks etgan videolavhalarni e’lon qildi. Nashr halok bo‘lganlar keyinchalik 4 kishiga yetgani to‘g‘risida ham xabar bergan.
Ayni paytda voqea joyida ko‘plab politsiya va harbiy qism xodimlari ish olib bormoqda, yaqin atrofdagi yo‘llarda transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Anqara Bosh prokuraturasi tergov boshlagan.
Ma’lumot o‘rnida, TUSAŞ turkiyalik beshinchi avlod Kaan qiruvchi samolyoti, Anka hujumchi dronlarini, shuningdek, F-16 qiruvchi samolyotlarini modernizatsiya qilmoqda. Ishlab chiqarish markazidan tashqari, hududda USET'ning kosmik kemalari va sun’iy yo‘ldoshlarni sinovdan o‘tkazish markazi joylashgan.