So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Taniqli teleboshlovchi Isroil hujumidan halok bo‘ldi
Isroilning Damashqqa bergan zarbalari natijasida uch kishi, jumladan, mamlakatning taniqli teleboshlovchisi Safo Ahmad halok bo‘ldi.
Suriya hukumati seshanbaga o‘tar kechasi Isroilning Damashqqa bergan zarbalari natijasida uch kishi, jumladan, mamlakatning taniqli teleboshlovchisi Safo Ahmad halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
«[Suriya] radio va televideniye bosh boshqarmasi boshlovchi Safo Ahmad Isroilning poytaxt Damashqqa xoin agressiyasi ortidan shahid bo‘lganini e’lon qiladi», — deyiladi CNN xabarida.
Suriya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar bosib olingan Golan tepaliklaridan uchirilgan samolyotlar va uchuvchisiz qurilmalar yordamida amalga oshirilgan.
«Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tajovuzkorning raketalari va dronlarining aksariyatini urib tushirdi», — deyiladi Suriya rasmiylari xabarida.
Rasmiylarga ko‘ra, to‘qqiz kishi jarohatlangan.
Isroil armiyasi CNN telekanaliga xabarlariga izoh berishni istamagan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil ushbu kechada Livan hududiga quruqlikdan bostirib kirdi.