So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O‘zbekistonda qiynoq oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qiynoqlarning oldini olish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun bilan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida odam o‘limiga sabab bo‘lishi kabi og‘irlashtiruvchi javobgarlik belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining va Senat kengashining 2024-yil 21-fevraldagi topshirig‘ida Jinoyat kodeksining 235-moddasini (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish IIV, DXX, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV va Adliya vazirliklariga yuklatilgan.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq 235-modda 3 va 4-qism bilan to‘ldirilyapti:
ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum etib, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tahliliy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, amaliyotda qiynoq oqibatida odam o‘limi bilan bog‘liq holat ham kuzatilmoqda. Misol tariqasida, 2020-yil 30-may kuni Andijon viloyati IIB 6 nafar xodimlari tomonidan, shuningdek, 2023-yil 4-iyun kuni Bo‘ka tumani IIBning 2 nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan qiynoq oqibatida gumon qilinuvchilar vafot etgan. Ularning harakatlari Jinoyat kodeksining 235-moddasi bilan bir qatorda, 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan qo‘shimcha malakalangan.
Loyihada qayd etilishicha, ushbu qonun bilan taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar orqali aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash shaxs qadr-qimmatini oshirishiga hamda sezilarli darajada yaxshilanishiga erishiladi. Shuningdek, amaliyotda qiynoq oqibatida o‘lim holati yuz berganda, qo‘shimcha modda bilan malakalash talab etilmaydi.