So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
“Qabristondagi jasadlar koʻchaga uloqtirildi” — Isroil armiyasi “Al-shifo” kasalxonasini butunlay vayron qildi
14 kunlik qamaldan soʻng, Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi eng yirik tibbiyot majmuasi – “Al-Shifo” kasalxonasini butunlay vayron qildi va u yerdan qoʻshinlarini olib chiqib ketdi.
Anadoluʻning guvohlarga tayanib xabar berishicha, Isroil armiyasi kuchlari “Al-Shifo” kasalxonasi va yaqinidagi aholi punktlaridan butunlay chiqib ketgan va Gʻazo shahri janubi-gʻarbidagi Tel al-Hava hududining janubiga yuborilgan.
“Al-Shifo”ni tark etishdan oldin harbiylar tibbiyot majmuasining barcha binolarini yoqib yuborgan va uni butunlay ishdan chiqargan.
Shifoxonaning jarrohlik binosining pollari va binolari butunlay vayron boʻlgan, qolganlari yonib ketgan. Asosiy qabulxona va tez yordam binosi ham yonib ketgan, barcha tibbiy buyumlar yoʻq qilingan.
Isroil kuchlari urologiya boʻlimi, tugʻruqxona, oʻlikxona, onkologiya va kuyish boʻlimlarini ham yoqib yuborgan, klinika binosini buzib tashlagan.
“Al-Shifo” kasalxonasida va yaqin atrofdagi Umar al-Muxtor, Izzedine al-Qassam, Abu Hasir, Bakir va Habbush koʻchalarida oʻldirilgan oʻnlab falastinliklarning jasadlari topilgan.
Harbiylar “Al-Shifoa” tibbiyot majmuasi hududida falastinliklar tomonidan yaratilgan vaqtinchalik qabristonni vayron qildi, oʻlganlarning jasadlarini qabrlardan olib chiqib, kasalxona atrofiga tarqatdi.
Falastin sogʻliqni saqlash sektori vakillari ham shifoxona butunlay ishdan chiqqanini va joriy davrda ishni qayta boshlash qiyin boʻlishini tasdiqladi.
Ularning aytishicha, armiya kasalxonadagi barcha tibbiy jihozlarni, shuningdek, operatsiya xonalari va reanimatsiya boʻlimlarini yoʻq qilgan.